«jinoyat kodeksi» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi kaltaklagani oqibatida vafot etdi
20 mart 2024, 10:30

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi kaltaklagani oqibatida vafot etdi

Bo‘ka tumanida ayol qaramog‘iga topshirib ketilgan jiyanini dars tayyorlamagani uchun o‘lasi qilib kaltakladi. U jarohati sabab uch kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. Ayol qamoqqa olingan. Qizning ota-onasi Rossiyada ekani aniqlandi.

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olindi
23 fevral 2024, 12:51

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olindi

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan o‘zbekistonlik 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U Suriyaga qanday ketgani hamda bu davrdagi hayoti haqida gapirib berdi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksida “tovlamachilik” tushunchasi kengaytirildi
20 yanvar 2024, 14:17

O‘zbekiston Jinoyat kodeksida “tovlamachilik” tushunchasi kengaytirildi

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga “tovlamachilik” tushunchasi qo‘shildi. Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi
27 mart 2023, 17:49

Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi

Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi
2 mart 2023, 17:12

Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22 fevral 2023, 11:16

Qashqadaryo va Sirdaryoda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi
9 mart 2022, 15:00

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi

Endilikda plastik kartalar va bank hisobraqamlardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168 va 169-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

Buxoroda ayol qariyb 40 kishiga OITS yuqtirgani uchun 6,5 yilga qamaldi
29 dekabr 2021, 13:59

Buxoroda ayol qariyb 40 kishiga OITS yuqtirgani uchun 6,5 yilga qamaldi

Buxoro viloyatida OITSga chalinganini bila turib 4 yil davomida qariyb 40 kishiga kasallikni yuqtirib kelgan ayol aniqlandi. Sud hukmiga ko‘ra, unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
31 oktabr 2021, 13:16

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.

«Jinoyat kodeksiga „Kelajakka xiyonat“ bobini qo‘shish kerak» — Alisher Qodirov
13 avgust 2021, 11:38

«Jinoyat kodeksiga „Kelajakka xiyonat“ bobini qo‘shish kerak» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan munosabat bildirdi. Deputat Jinoyat kodeksiga bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda «vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarning xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga» nisbatan choralar belgilanishini taklif qildi.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi
29 iyun 2021, 14:35

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.

Yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi
25 fevral 2021, 13:19

Yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi

Yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga qarshi jinoyatlarni og‘ir jinoyat deb topish tavsiya etildi. Jinoyat kodeksining yangi tahririda bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin
15 fevral 2021, 10:34

Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda
15 dekabr 2020, 15:31

Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda

Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda.

Noqonuniy boylik orttirgan mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
23 noyabr 2020, 19:00

Noqonuniy boylik orttirgan mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting